Grégory Privat Trio

Tadbir haqida

Bugungi kunda, har birimiz o‘zgacha narsani hush ko‘rgan va tanlagan damda, bizni ilhomlantiradigan va ochiqligi bilan birlashtiradigan musiqaga muhtoj ortmoqda. Asli Martinikadan bo‘lgan, hozirgi paytda Parijda yashaydigan pianinochi Gregori Priva o‘zining yangi "Soley" albomida bunday musiqaning ruhi va sadosini aks ettira olgan. To‘rt yil burun chiqarilgan “Family Tree” albomi bilan taqqoslasak, yangi Soley albomi uni ancha pog‘onaga yuksalaganini namoyish etadi. Ilgari ham u o‘z musiqasini tegishli mahorat bilan ijro etgan, ammo har doim jaz sadolari bilan kifoyalanib qolgan. Bu safar uning musiqasi nafaqat jazz balki boshqa turdagi musiqaning sadolarini o‘ z ichiga qamrab olgan. Unda jazz shunchaki tarkibiy qismlardan biri sifatida mavjuddir.

Gregori Priva: "Men faqatgina jazzga e‘tibor qaratishni xohlamadim va bir qator musiqiy asarlardan zavq olishga harakat qildim. Men pop va klassik musiqa sadolarini birlashtirib, jazzga o‘zgacha urg‘u berdim, ta‘kidlash joizki jazz hali ham musiqamning muhim elementidir. Men qo‘shiq aytishni boshladim va his-tuyg‘ularimni ovozim orqali ifoda etdim. Bularning barchasi juda hayajonli edi ».

Ehtimol, bu so‘zlar har qanday musiqachi o‘z ijodi haqida shunday deb ayta olganday tuyulishi mumkin, ammo Priva o‘zligiga sodiq bo‘lganligi sababli,  odatiy va oson bo‘lgan narsalardan yiroqlashib, o‘zini namoyon etishning yangi usullarini topishga chin dildan harakat qildi.

U mohir ijrochi, lekin doim ijodining yangi qirralarini sinab ko‘rishni istaydi. Yangi albomida u kompozitsiyalarini nafaqat pianinoda,  balki bir vaqtning o‘zida elektron klaviaturada ham ijro etadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, u yaqinda o‘zining yangi qo‘shiqchilik san‘atidagi iste‘dodini kashf etdi va o‘z musiqasini mayin kuyi bilan to‘ldirdi.

Grigoriy Priva kontrabasda Kris Jenings va zarbli cholg‘u asboblarida Tilo Bertolo kabi sheriklari bilan birgalikda, shu qadar keng ovozli imkoniyatlarni yaratdilarki, tinglovchilarda ko‘pincha kvintetni yoki hatto katta guruh sadolarini tinglayotganlaridek his tuyg‘ularni qoldiradilar.

Priva ijodining natijasi uni haqligini tasdiqladi, chunki  musiqasining xilma-xilligi, tinglovchilarga zavq baxshlaydi. Gregori Priva butun jahon fuqarosi, u ijro etgan musiqa bugungi kun musiqasidir. Ochiqlikka, voqealarni hikoya qilishga bo‘lgan ishtiyoq va uning fe‘l-atvorining tabiiyligi tinglovchini odatda musiqadan kutgan hissiyotdan ustunroq qo‘yadi.

Talabalar uchun iTicket kassasida talaba kartasini taqdim etgandan so'ng, balkondagi o'rindiqlar uchun 50% chegirma taqdim etiladi.

Chiptalar narxidan yig‘ilgan barcha mablag‘lar xayriya  jamg‘armasiga o'tkaziladi.

Yosh cheklanishlari / Til

6
Grégory Privat Trio Grégory Privat Trio