Bibixonim majmusi

Chsh 28.12.2022 09:00 - Ysh 31.12.2023 17:00

Bibixonim majmusi

2 000 - 30 000 UZS

Chiptalar qaytarib olinmaydi.

  • Bibixonim kompleksi (Amir Temur jome’ masjidi) Markaziy Osiyodagi eng yirik tarixiy inshootlardan biri hisoblanadi. Tarixchi G‘iyosiddin Ali Yazdiy o‘zining “Zafarnoma” asarida, «…801 (hijriy) yilning Ramazoni Sharif oyining to‘rtinchi kunida (milodiy 1399-yil 10-may) Amir Temur masjid uchun poytaxtning eng yaxshi joyini tanladi. Mashhur ustalar va me’morlar bu ulkan imoratning loyihasini tuzdilar va eng saodatli daqiqada uning poydevorini qura boshladilar…» deb yozib qoldirgan. Masjidning qurilishida ko‘proq Saroymulkxonim - Bibixonim rahbarlik qilgani uchun masjid Bibixonim masjidi, deb ham ataladi.

    Masjidining umumiy sahni 167x109m bo‘lib, burchaklarida baland minoralar bo‘lgan, ular bizgacha saqlanmagan qayta tiklangan. Ta’mirlanishga qadar jome’ masjidi bir-biri bilan bog‘lanmagan 6 ta me’moriy bo‘laklardan iborat bo‘lgan.

    Hovli o‘rtasida Mirzo Ulug‘bek farmoni bilan XV asr o‘rtalarida marmar toshdan yasalgan ulkan lavh o‘rnatilgan (Qur’on o‘qiladigan maxsus kursi). Uning atrofi nafis hoshiyalar, muqarnaslar, o‘simliksimon naqshlar va yozuvlar bilan bezatilgan.

    Qo‘sh tabaqali darvoza yetti xil temir qotishmasidan «haft jo‘sh»dan yasalgan. Masjid gumbazining doira asosli sirtiga muqaddas Qur’on oyatlari bitilgan bo‘lib, gumbaz feruza koshinlar bilan pardozlangan.

O`tkazish joyi

Bibixonim majmusi

Manzil
Samarqand shahri I.Karimov ko‘chasi
Foydali ma`lumot
Tadbirning davomiyligi:
28 Dek 9:00 - 31 Dek 17:00
Chiptani qaytarib berish haqida ma'lumot:
Tadbir kuni ko'chirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, pulni qaytarish jarayoni 14 ish kuni ichida amalga oshiriladi