Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi
Chsh 28.12.2022 09:00 - Ysh 31.12.2023 17:00
Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi
2 000 - 30 000 UZS
Chiptalar qaytarib olinmaydi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-may 269-sonli Qarori va Samarqand viloyat hokimligi 2020-yil 11-iyun 68-F sonli Farmoyishi bilan Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy muzeyi tashkil etilib, “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi tasarrufiga berildi. Mumtoz musiqa maktabining namoyandasi Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy muzeyi oʻzi yashab o‘tgan uyida muzey ashyolari asosida tashkil etilgan.
Tashkil etilgan yangi ekspozitsiya orqali vatanimiz xalqini hamda xorijdan kelgan mehmonlarni Hoji Abdulazizi Abdurasulov hayoti va ijodi misolida Samarqand zaminida yaratilgan musiqa san’atining namunalarni namoyish etishdir.
Hoji Abdulaziz Abdurasulov ijrosidagi qator qo‘shiqlar grammaplastinkalarga, radio tasmalariga yozib olingan. Ustoz hofiz 80 yoshda ham 1933-yil fevral oyida bo‘lgan O‘zbekiston san’atkorlarini birinchi slyotida qo‘shiq aytish baxtiga muyassar bo‘lgan. Oʻsha kuni Hoji Abdulaziz Abdurasulov va domla Halim Ibodovga “O‘zbekiston xalq hofizi” faxriy unvoni berilgan. Mustaqillik yillarida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni berilgan
Foydali ma`lumot
- Tadbirning davomiyligi:
- 28 Dek 9:00 - 31 Dek 17:00
- Chiptani qaytarib berish haqida ma'lumot:
- Tadbir kuni ko'chirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, pulni qaytarish jarayoni 14 ish kuni ichida amalga oshiriladi