Teatrning bosh rejissyori- O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, O’zbekiston Davlat mukofoti laureati Olimjon Salimov Spektaklga o’zbek folkloridagi xalq qahramoni Xo’ja Nasriddin haqidagi latifalar asos qilib olingan va ularga muallif tomonidan o’ziga xos urg’u berilgan. Pyesada Xo’ja Nasriddinning har doimgiday zukkoligi, uddaburonligi va xalqparvarlik xislatlari o’z ifodasini topgan. Pyesa muallifi o’zining ichidan shunday zukko va uddaburon qahramon chiqqan halqning nega bunchalik sodda, ishonuvchan va uddaburon emasligiga urg’u beradi. Spektakl o’zbek xalq folkloridan olingan yallalar, qo’shiqlar va raqslar asosida aktyorlarning improvizasiya — uddaburonlik hamda topqirlik mahoratiga asoslanib sahnalashtirilgan.

110 000 UZS
55 000 UZS
33 000 UZS
55 000 UZS
44 000 UZS
55 000 UZS