Bella sevimli kitobining syujetini yodga olib, qadrdon koʻchalarda oʻychan kezib yuribdi. Ixtirochi otasi bilan birga ulgʻaygan bu kichik shaharchada hamma qizni gʻalati deb hisoblaydi. Hech kim uning yolgʻizligini va kitobxonlikka boʻlgan mehrini tushunmaydi. Albatta-da, axir bu yerda hayot bir maromda osuda oʻtadi, sarguzashtlar haqida esa hech kim hech qachon eshitmagan! Ammo kutilmaganda... Bu qushcha nima deb sayrayapti? Nahotki dadasi xavf ostida boʻlsa? Tezda u kishining ortidan qalin oʻrmonga yoʻl olish kerak, aytishlaricha, u yerdagi qasrda yovuz Mahluq yasharmish!
Koʻhna qasr va uning barcha gʻaroyib xoʻrandalari bunday goʻzal qizni koʻrishmaganiga ancha boʻlgan edi. Biroq Bella nafaqat husni, balki qalbi bilan ham goʻzaldir. U otasi uchun hech ikkilanmay oʻzini qurbon qilishga tayyor. Hamda koʻrinishi daxshatli boʻlgan maxluqning mehribon qalbi va pokiza ruhini sevib qola oladi! Shuning uchun ham oʻz taqdiringni unga ishonib topshirish mutlaqo qoʻrqinchli emas, zero chinakam sevgi moʻjizalar yaratishga qodirdir.