«Atomy» Muvaffaqiyat akademiyasi kompaniyaning eng muhim tadbirlaridan biridir. Unda tomoshabinlar va ishtirokchilar «Atomy»ning maqsad va istiqbollari bilan tanishadi. Shuningdek, ular muayyan mahorat darajasiga erishgan kompaniya hamkorlarini taqdirlashning unutilmas marosimini ko‘radi. Eng muvaffaqiyatli ishtirokchilar o‘z orzulariga qanday yo‘l bilan erishganini ham bilib oladi.
«Atomy O‘zbekiston» Muvaffaqiyat akademiyasi 2026-yil 20-dekabr kuni soat 13:00 da Toshkent shahri, Ohangaron yo‘li ko‘chasi, 11-uyda bo‘lib o‘tadi.
Tadbir dasturida: • «Atomy» kompaniyasining strategik qarashlari bilan tanishuv; • «Atomy» brendining rivojlanish istiqbollari; • shaxsiy biznesni rivojlantirish; • «Atomy»ning yangi masterlarini taqdirlash marosimi; • «Atomy» kompaniyasi rahbariyatining nutqi; • konsert va ko‘ngilochar dastur.
Muvaffaqiyat akademiyasida siz qimmatli bilimlar, unutilmas taassurotlar, yorqin hissiyotlar va «Atomy» bilan birga o‘sish uchun kuchli motivatsiya olasiz!