MAKON Marketing Forum 2022

Tadbir haqida

“MAKON Marketing Forum 2022” to‘rtinchi xalqaro marketing biznes-forumi – bu O‘zbekistondagi yagona xalqaro marketing bayramidir. Forum doirasida 21-mayda “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “MAKON Marketing Forum 2022” xalqaro marketing biznes-forumi va “2021-yil brendi” V mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

“MAKON Marketing Forum 2022” – bu kompaniyalar sohiblari va rahbarlari, direktorlar va marketing mutaxassislari, brend-menejerlar, o‘z biznesini rivojlantirishni istagan har kim uchun xalqaro tajriba hamda real keyslar bilan tanishishning, samarali kommunikatsiyalar, rebrending va strategiya sohalaridagi mashhur ekspertlarning chiqishlarini tinglashning noyob imkoniyatidir.

Forum rus va oʻzbek tillarida oʻtkaziladi
Forum sayti marketing.uz https://marketing.uz/makon-marketing-forum-2022/uz/

“MAKON Marketing Forum 2022” forumining dasturi

Strategiya biznesni rivojlantiradi!

9:00-10:00 Mehmonlar to‘planishi. Welcome coffee

10:00 – 10:30 Tashkilotchilar va hamkorlar tabrik so‘zlari      

10:30- 11:00 Mintaqaviy marketing xususiyatlari.  Aynura Xudayberdieva, «Ishonch» (O‘zbekiston) marketing direktori 

11:00 – 11:45 Marketing bo‘limi qurilishi. Ilya Balaxnin, «Paper Planes» (Rossiya) boshqaruvchi hamkori

11:45-12:30  Hammasi o‘zgarib ketdi. Yana. Kommunikatsiya roli. Brend va iste'molchi o‘rtasida. Viktor yeliseev, «Select Communication Group» (Qozog‘iston) rahbari

12:30-13:00  Uyushma yangiliklari

13:00 -13:45 Tushlik           

13:45 -14:45 Panel muhokamalar. Brendlarga rebrending nega kerak?

Azizbek Yusufov, «Mirror Management» marketing kommunikatsiyalari agentligi (O‘zbekiston) boshqaruvchi hamkori, Malik Karimov, «korzinka» (O‘zbekiston) marketing boshlig‘i, Shohrux Nizomutdinov, «FCB Artgroup» kreativ agentligi (O‘zbekiston) boshqaruvchi hamkori va kreativ direktori, Samir Axmetzyanov «Reformat consulting agency» (O‘zbekiston) marketolog-strategi.

14:45 - 15:30 Brendning maqsadi nima va u Markaziy Osiyo brendlarida qanday namoyon bo‘ladi? Tatyana Ravalli, «FCB Artgroup» (Italiya) mintaqaviy strategiya direktori

15:30-16:15  Marketing strategiyasi – foydalanish uchun qo‘llanma. Farhol Kamilov, «Inmarketing» kompaniyasi (O‘zbekiston) rahbari

16:15-17:15  Tezda tanilish orqali sotuvlarni oshirish uchun marketing kuchaytirgichi sifatida portlatuvchi PRni qanday uyushtirish mumkin. Roman Maslennikov, «Vzrivnoy PR» agentligi (Rossiya) direktori

17:15- 17:30 Hamkorlar sovrinlarining o‘ynalishi         

17:30-19:00  Marketing show. Interaktiv ko‘ngil ochish dasturi, kofe-breyk

19:00 – 21:00 «2021-yil brendi» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi

 Telegram https://t.me/uzbekmarketing 

Facebook https://www.facebook.com/uzbekmarketing 

Site https://marketing.uz/makon-marketing-forum-2022/ 

Yosh cheklanishlari / Til

6+
MAKON Marketing Forum 2022 MAKON Marketing Forum 2022