Beshinchi TAF!23 Toshkent reklama festivali – O‘zbekistondagi yagona xalqaro reklama bayrami. Festival doirasida 7-oktyabrda Anhor parki AXELON karting markazida xalqaro reklama konferensiyasi, ABC-shou va TAF!23 tanlovi va «2023-yil reklama» g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
TAF!23 — bu kompaniya egalari va rahbarlari, direktorlar va marketing bo‘yicha mutaxassislar, brend-menejerlar va o‘z biznesini rivojlantirishni istagan barcha uchun xalqaro tajriba hamda real keyslar bilan tanishish, samarali kommunikatsiyalar, reklama, brending va ilgarilatish strategiyasi borasidagi mashhur ekspertlarning ma'ruzalarini tinglashning qulay imkoniyatidir.
Konferensiyaga chipta xarid qilish orqali siz noyob ABC Show – eng yaxshi jahon reklamasi kolleksiyasini tomosha qilish, g‘oyalardan ruhlanish va ijobiy hislarga to‘lish imkonini qo‘lga kiritasiz!
Chipta narxiga, shuningdek, mamlakatning eng yaxshi brendlari qatnashadigan TAF!23 eng yaxshi reklama tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimida qatnashish ham kiritilgan.
Tadbirda xayriya auksioni va boshqa ko‘plab qiziqarli tadbirlar o‘tkaziladi.
Konferensiya dasturi shakllantirilmoqda
Кonferensiya rus tilida olib boriladi.
Konferentsiya veb-saytidagi ma'ruzachilar bu erda saytga havola bo'ladi
сайт: https://marketing.uz/uz/
Telegram https://instagram.com/makon_marketing?
Instagram https://instagram.com/uzbekmarketing?utm_medium=copy_link
Facebook https://www.facebook.com/MakonMarketing/
YouTube https://www.youtube.com/c/MAKONMARKETINGUZ