III Международный Маркетинговый Бизнес-Форум

Shan 22.05.2021 10:00

III MAKON Marketing Forum 2021 xalqaro marketing biznes-forumi

ONLAYN ISHTIROK

2021-yil 22-mayda Toshkentda III MAKON Marketing Forum 2021 xalqaro marketing biznes-forumi – O‘zbekiston marketing va reklama sohasidagi yagona va eng keng ko‘lamga ega tadbir o‘tkaziladi.

Biznes-forum – bu yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar, yirik kompaniyalar marketologlari va top-menejerlari ma'ruza qiladigan maydon bo‘lib, ular boshqaruv, marketing va sotuvlardagi o‘z shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. Forum ishtirokchilarida bozor ekspertlaridan marketing va reklama borasidagi dolzarb bilimlar va samarali vositalarni olishning noyob imkoniyati yaratiladi.

Forumda ishtirok ham biznes rahbarlariga, marketologlar, kompaniya va tashkilotlar marketing bo‘limlari rahbarlariga, ham boshlovchi mutaxassislar va talabalarga foydali bo‘ladi.

Birinchi bor bunday professional tadbirda gibrid qatnashuv shakli qo‘llaniladi. Bu Forumda onlayn ishtirok etish uchun maqbul narxlarda chiptalar olish mumkinligini anglatadi. Ushbu format biznes-forumda “qatnashish effekti”ni, barcha spikerlar chiqishlarini “jonli efir”da ko‘rish va tinglash imkonini beradi, u iticket.uz elektron chiptalari egalari uchun YouTube`dagi MAKON Marketing kanalida uzatiladi. 

https://www.youtube.com/channel/UC-3NkhgyMVRQp62hQg0nYcA

FORUM TILI – RUSCHA

Ma'ruzalar dasturi: 

10:15-11:00 Kamran Gulamov, AKFA GROUP bosh direktori (O‘zbekiston)
11:00-11:45 Murad Nazarov, rahbar, Murad Buildings (O‘zbekiston)
11:45-12:30 Yelena Leonova, RMXA vitse-prezidenti RAMU, CEO Progression Group, Seven RA direktori (Rossiya), Arina Strelnikova, Seven RA yangi biznes bo‘yicha direktori (Rossiya)
13:30-14:15 Nikolay Chumak, IDNT kompaniyasi rahbari (Ukraina)
14:15-15:15 “O‘zbekistonda riteyl rivojining tendensiyalari” panel munozarasi Baraka, Korzinka.uz, Makro vakillari.
15:15-15:25 MMM va uing hamkorlaridan muhim yangiliklar
15:25-16:00 Mixail Pishvanov “Vosxod” RA rivojlantirish direktori (Rossiya)
16:00-16:45 Spartak Tetrashvili, TBC Bank Uzbekistan rahbari (Gruziya)
17:30-19:00 IV “2020-yil brendi” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi.

Forum tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy marketing markazi.

Bosh hamkor – AKFA Group

Forum dasturi – tadbirning rasmiy saytida. https://nmc.uz/makon-marketing-forum-2021/

Foydali ma`lumot