“Ayol qalbi”
Aziz va muhtaram ayollar uchun unutilmas bayram tuhfasi!
6-mart kuni «Turkiston» san’at saroyida Davlat akademik xalq cholg‘ulari orkestrining Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan “Ayol qalbi” nomli tantanali gala-konserti bo‘lib o‘tadi.
Ushbu kechada estradamiz yulduzlari mahoratli sozandalar jamoasi bilan birgalikda to‘liq jonli ijroda haqiqiy san’at bayramini taqdim etadilar.
Dasturda G‘iyos Boytoyev, Mansur Toshmatov, Dilmurod Otajonov, Isroil Saidumarov, Dilfuza Qobilova, Vohidjon Isoqov, Azizbek Bekmurodov, Murodjon Mashrabov, Marjona Qobilova, Madinabonu Adilova, Madlen Mo‘minova hamda Sapfira Mansur kabi taniqli xonandalar ishtirok etadilar.
Bu qiziqarli konsertda yorqin xonandalarning klassik asarlar va dilbar taronalaridan iborat jozibali ijrosi orkestrning sehrli navolari bilan uyg‘unlashadi.
Dirijyor Sherzod Shavrikov

50 000 UZS
66 000 UZS
400 000 UZS
55 000 UZS
33 000 UZS
55 000 UZS