🎄 «Bloger Baba-Yaga» — bolalar uchun unutilmas Yangi yil tomoshasi!
Yangi yil bayrami arafasida «Turkiston» san’at saroyi barcha kichik tomoshabinlarni yorqin va sehrli «Bloger Baba-Yaga» tomoshasiga taklif etadi! ✨
Sizni sevimli ertak qahramonlari, Qorbobo, Qorqiz, Baba-Yaga va boshqa qiziqarli qahramonlar ishtirokidagi ajoyib Yangi yil sarguzashtlari kutmoqda. Quvnoq voqealar, kutilmagan hodisalar, sehrli muhit va bayramona kayfiyat bolalarga unutilmas taassurotlar ulashadi. 🎅❄️
Bu tomosha — butun oila bilan vaqtni mazmunli va quvonchli o‘tkazish, Yangi yil mo‘jizasini his qilish va farzandlarga unutilmas xotiralar hadya etish uchun ajoyib imkoniyat!
📍 Manzil: «Turkiston» san’at saroyi 📅 Sana va vaqt:
26-dekabr — 12:00
27-dekabr — 14:00
28-dekabr — 14:00
29-dekabr — 12:00
30-dekabr — 16:00
🎁 «Bloger Baba-Yaga» — kulgu, sehr va quvonchga boy haqiqiy Yangi yil bayrami!