“Ad astra”/ “Yulduzlar sari” — Yangi teatr mavsumiga bag‘ishlangan open air konserti.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri yangi 96-mavsumni ochmoqda!
Mazkur muhim sanani munosib tarzda nishonlash maqsadida teatr 6 sentyabr kuni 20.00da yulduzli osmon ostida — open air formatida “Ad astra” (“Yulduzlar sari”) nomli tantanali konsertni taqdim etadi.
Betakror kuy-qo‘shiqlar, yorqin chiqishlar va unutilmas taassurotlar sizni kutmoqda!
Yangi mavsumni biz bilan kutib oling — san’at olamiga birgalikda yo‘l olamiz!