O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilayotgan Xalqaro balet festivali doirasida 18–19-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Palermo shahridagi Teatro Massimo teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Oqqush ko‘li” baletining yangi talqini namoyish etiladi. Spektaklga Jan-Sebastyan Kolo rahbarlik qiladi.
Mazkur talqinda klassik uslub va akademik balet texnikasi zamonaviy xoreografiya hamda dramaturgiya bilan uyg‘unlashadi. Asar voqealari XIX asr Palermosiga ko‘chirilgan bo‘lib, unda Juzeppe Tomazi di Lampeduzaning ijodiga ishoralar mavjud. Fransesko Zito yaratgan sahna bezagi va Sesil Flaman ishlagan kostyumlar esa davr muhitini yanada ta’sirchan ifodalaydi.

50 000 UZS
55 000 UZS
55 000 UZS
70 000 UZS
25 000 UZS
38 500 UZS