"Lazgi" Ko'ngil va muhabbat raqsi

Tadbir haqida

15-16 mart soat 19:00 da Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri sahnasida “Lazgi – Muhabbat va Qalb raqsi” baleti namoyish etiladi.

 “Lazgi” raqsining tarixi uch ming yillikni oʻz ichiga oladi. Qadimgi Xorazm raqsi sir va afsonalar bilan boyitilgan. Ushbu raqs qadimgi halq donoligini oʻzida ifoda etadi, uning nomi esa, “Muhabbat va Qalb” degan ma’nolarni anglatadi.  

2019-yilda “Xorazm raqsi - Lazgi” YuNESKOning Umumjahon moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritildi.

2021-yilning 27-noyabr kuni “EXPO 2020 Dubai” butunjahon koʻrgazmasida ishtirok etgan Oʻzbekistonning madaniy dasturi doirasida “Lazgi – Muhabbat va Qalb raqsi” baletining xalqaro premyerasi “Dubai opera” sahnasida boʻlib oʻtdi.  

Ushbu balet loyihasi tashabbusi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan amalga oshirildi @acdfuz

San’at bayramiga siz ham qoʻshiling!

Yosh cheklanishlari / Til

6+
"Lazgi" Ko'ngil va muhabbat raqsi "Lazgi" Ko'ngil va muhabbat raqsi