Ilyos Arabov

О мероприятии

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ ARTISTI ILYOS ARABOVNING IJODIY KONSERTI

Mumtoz musiqa ixlosmandlarini milliy san’atimizning betakror ohanglari, maqom va xalq qo‘shiqlarining nafis jozibasiga chorlovchi unutilmas musiqiy kecha! O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, professor Ilyos Arabov o‘zining sara ijodiy namunalaridan iborat konsert dasturini taqdim etadi.

Konsert davomida o‘zbek mumtoz musiqa merosining nodir durdonalari, maqom yo‘llaridagi bastakorlik asarlari, xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan xalq ashulalari hamda Ilyos Arabov ijrosidagi eng sara mumtoz ashulalar yangraydi. Ushbu musiqiy kechada san’atkor bilan bir sahnada «Shukrona» professional dutorchilar ansambli hamda O'zbekiston davlat simfonik orketri Milliy cholg'ular ansambli sozandalari jo‘rnavozlik qiladi.

Jonli ijro, betakror sozlar uyg‘unligi, yuksak ijrochilik mahorati va milliy musiqamizning boy an’analari mujassam bo‘lgan ushbu konsert tomoshabinlarga unutilmas badiiy zavq va ruhiy taassurotlar ulashadi.

Sizni milliy musiqamizning sehrli olamiga sayohat qilishga, mumtoz san’atning nafis va betakror tarovatidan bahramand bo‘lishga taklif etamiz!

Возрастные ограничения / Язык

12+ / Oʼzbekcha
Ilyos Arabov Ilyos Arabov

Место проведения
Ташкент, Юнусабадский р-н, пр-т Навои, 2
Телефон
+998 55 588-48-48