Zumrad va Qimmat

О мероприятии

“Parizod” raqs maktabining ilk musiqiy konsert dasturi

San’at ixlosmandlari uchun unutilmas voqea — “Parizod” raqs maktabining ilk musical konsert dasturi sizni sehrli sahna olamiga chorlaydi. Ushbu loyiha nafaqat raqs, balki teatr, musiqa va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan yirik ijodiy ish sifatida taqdim etiladi.

Konsert dasturining asosiy g‘oyasi — barchamizga bolalikdan tanish bo‘lgan “Zumrad va Qimmat” ertagini yangi, jonli va zamonaviy talqinda sahnalashtirishdir. Ushbu sahna asari orqali yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi abadiy kurash, insoniy fazilatlar, mehr, sabr va adolat kabi qadriyatlar yorqin ifodalanadi. Kulgi, hissiyot va hayajonga boy sahna lavhalari tomoshabinni befarq qoldirmaydi.

Dastur davomida siz teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari bilan uyg‘unlashgan milliy raqs chiqishlaridan bahramand bo‘lasiz. Har bir sahna — bu alohida hikoya, alohida kayfiyat va o‘ziga xos badiiy yechimdir.

“Parizod” raqs maktabining saralangan, eng iqtidorli 60 nafar raqqosa qizlari bir sahnada jam bo‘lib, o‘z mahorati, go‘zalligi va sahnadagi energiyasi bilan sizni lol qoldiradi. Ularning har biri ushbu loyihaning ajralmas qismi bo‘lib, tomoshabinga yuqori darajadagi ijodiy chiqishlarni taqdim etadi.

Bosh rollarda:

Qimmat onasi — Xosiyat Xusanova
Zumrad otasi — Bahodir Nishonov
Qimmat — Sa’diya Safarova
Zumrad — E’zoza Safarova

Ushbu konsert — bu oddiy tomosha emas, balki sahna san’atining turli yo‘nalishlari birlashgan, chuqur mazmun va yuqori estetikaga ega ijodiy kechadir.

Sana va manzil:

📅 2-iyun, soat 18:00
📍 O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Saroyi

“Parizod” raqs maktabi bilan birga sehrli ertak olamiga sayohat qiling va san’atning haqiqiy jozibasini his eting!

Возрастные ограничения / Язык

6+
Zumrad va Qimmat Zumrad va Qimmat

Место проведения
г.Ташкент, Мирабадский район, улица Бухара 10
Телефон
+998335111488