12-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida “SYMPHONIA MUNDI” — Vengriya va O‘zbekiston gala-konserti bo‘lib o‘tadi.
Konsertda ikki mamlakatning iste’dodli yosh ijrochilari va musiqachilari ishtirok etadi. Ular orasida vengriyalik klarnetchi Pyotr Zoltan, arfachilar Korneliya Xarmat va Gabriella Xarmat, shuningdek, o‘zbekistonlik naychi Ruxshona Yuldasheva, skripkachi Vlada Guseynova va violonchelchi Sevinch Suyarova bor.
Dirijyor — A’zamxon Axmedov.
Rejissyor — Konstantin Kamynin.
Ushbu musiqiy uchrashuv ikki mamlakatning boy madaniy merosi, ijodiy hamkorligi va san’atga bo‘lgan mushtarak muhabbatini namoyon etadi.

55 000 UZS
100 000 UZS
55 000 UZS
44 000 UZS
77 000 UZS
100 000 UZS