Toshkent rus drama teatri 1934-yil 21-oktabrda ochilgan. Teatrning asoschilari - teatrning birinchi badiiy rahbari Vasiliy Aleksandrovich Chirkin va teatr direktori Mixail Karlovich Vulkonskiy. 1936 yilda teatrga rus yozuvchisi Maksim Gorkiy nomi berildi.
1967 yilda teatrga "Akademik" faxriy unvoni berildi.
Teatr Oʻzbekistondagi eng qadimiy teatrlardan biri boʻlib, mamlakatimiz teatr sanʼatida alohida oʻrin tutadi. Teatr qariyb 90 yil davomida teatr san'ati orqali ko'p millatli O'zbekiston xalqlarini birlashtirishda muhim rol o'ynadi. Teatr sahnasida A.S.Pushkin va Alisher Navoiy, Shekspir va M.Yu.Lermontov, N.V.Gogol va Jan Letraza, Aleksandr Galin va Erkin A’zam asarlari asosida spektakllar...
Teatr repertuarini jahon adabiyoti klassikasining yangi asarlari va zamonaviy mualliflarning asarlari bilan yangilash ustida faol ishlamoqda.