Tynda.Music sizga buyuk kino kompozitori Lyudoviko Eynaudining sevimli va betakror asarlaridan iborat dasturini Tynda.Music kamer ansambli ijrosida taqdim etadi.
O‘zbekistonda buyuk italiyalik kompozitorning eng mashhur asarlaridan ayrimlari mutlaqo yangi talqinda yangraydi.
Lyudoviko Eynaudi — zamonaviy davrning eng talabgir kompozitorlaridan biri, neoklassik musiqa yo‘nalishining yorqin namoyandasi va Fransiyaning mashhur «1+1» filmi uchun musiqa yaratgan bastakor. Eynaudining musiqasi butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlarni birlashtirib keladi. Kompozitorning asarlari jahon mumtoz musiqasi tarixidan munosib o‘rin egallagan.
Tynda Music — jonli musiqa orqali insonlarni ilhomlantirish va madaniy jihatdan boyitishga qaratilgan musiqiy loyiha. Loyihaning asosiy maqsadi — yuksak san’at va jahon darajasidagi musiqachilar ijrosini yanada ko‘proq insonlar uchun ochiq va qulay qilish.

52 500 UZS
300 000 UZS
15 000 UZS
25 000 UZS
500 000 UZS