Amirsoy Paradiso

Tadbir haqida

Tyan-Shan togʻlarida ilk bor — cheksiz yulduzli osmon ostida simfonik orkestr. Musiqa romantikasi, tuygʻular simfoniyasi va joʻshqin energiya.
“AMIRSOY PARADISO” — bulutlardan ham balandroq yangraydigan musiqa.
Maestro Kamoliddin Oʻrinboyev va Oʻzbekiston Davlat simfonik orkestri dengiz sathidan 1681 metr balandlikda, muhtasham togʻ manzaralari qurshovida konsert berishadi.
Tabiat va musiqa bir butunga aylanadigan oqshom.
Mehmonlar uchun quyidagilar tashkil etiladi:
🌙 Tarovatli va jozibador muhit
📸 Fotozonalar
🥂 Welcome drinks (Kutib olish ichimliklari)
🍴 Yengil tamaddilar
Tadbir dress-kodi (kiyinish uslubi): Evening Elegance (Oqshom nafosati).
🕢 Maydon ochilishi: 19:00
📍 Manzil: Amirsoy bosh maydoni
🚠 Amirsoy EXPRESS dor yoʻlida koʻtarilish va tushish chipta narxiga kiritilgan.
Eslatma: Konsert dasturi davomida dor yoʻli harakati vaqtincha toʻxtatiladi.
 
Transfer qoʻshildi: Toshkent — Amirsoy — Toshkent
Sizga qulaylik yaratish maqsadida, “Oʻzbekiston” mehmonxonasidan “Amirsoy” kurortigacha va ortga rasmiy transfer tashkil etildi.
  • Borish (Joʻnash): 15:00 – 16:00 (“Oʻzbekiston” mehmonxonasidan)
  • Qaytish: 22:00 – 23:00 (Amirsoydan)
  • Narxi: 100 000 soʻm

Yosh cheklanishlari / Til

10+ / Multilingual
Amirsoy Paradiso Amirsoy Paradiso