Berat Mert Demir ilk bor O‘zbekistonda chiqish qiladi!
19-avgust kuni Bla Bla Bar Tashkent sahnasida yangi turk elektron musiqa sahnasining eng ko‘p muhokama qilinayotgan ijodkorlaridan biri — Berat Mert Demir ilk bor O‘zbekistonda chiqish qiladi.
Uning musiqasi allaqachon Turkiya chegaralaridan oshib, butun dunyodagi klublar, TikTok va Reels platformalarini zabt etgan. Bugungi kunda uning nomi deep house uslubi, sharqona ohanglar va zamonaviy klub estetikasi uyg‘unlashgan yangi turk elektron musiqasi bilan bog‘lanadi.
Berat Mert Demirning har bir chiqishi shunchaki DJ-sесt emas, balki haqiqiy musiqiy sayohatdir. Chuqur melodiyalar, zamonaviy elektron ritmlar, yuqori sifatli ovoz va ta’sirchan yorug‘lik shousi birlashib, ilk daqiqalardanoq o‘ziga rom etadigan atmosferani yaratadi.
Ijodkorning eng mashhur xitlari qatorida «Taki Seni Görene Kadar» virial trekini alohida ta’kidlash mumkin. Aynan shu qo‘shiq Berat Mert Demir nomini Turkiyadan tashqarida ham keng tanitdi. Ramziy jihati shundaki, trek nomi «Seni uchratmagunimcha» deb tarjima qilinadi.
Konsertdan so‘ng ko‘pchilik bu so‘zlarni Berat Mert Demirning o‘ziga nisbatan ham aytishi mumkin: haqiqiy elektron shou qanday bo‘lishini uni jonli ko‘rmagunimizcha bilmagan ekanmiz.

15 000 UZS
25 000 UZS
190 000 UZS
50 000 UZS
75 000 UZS