BYD e-Mobility Festa 2024

Tadbir haqida

BYD BRENDINING MASHHUR MODELLARI KO'RGAZMASI

22–25-noyabr kunlari “Alpomish” muz saroyida BYD jamoasi sizni “BYD e-Mobility Festa 2024” festivaliga taklif etadi. Bu festivalda elektromobil sohasidagi so‘nggi yutuqlar, innovatsiyalar va BYDning 30 yillik muvaffaqiyatlarini birgalikda nishonlaymiz.

Festival davomida tashrif buyuruvchilar BYD’ning BAO 8, QIN L, DENZA Z9GT, SEALION 07 va YANGWANG U8 kabi mashhur modellari bilan yaqindan tanishish va sotuvda mavjud BYD avtomobillarini maxsus takliflar orqali xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. To‘rt kunlik festival davomida taniqli san’atkorlar, jumladan Toxir Sodiqov, Shohrux, Konsta, Jasmin, DJ Macarella va boshqa ko‘plab yulduzlarning chiqishlari, shuningdek, qiziqarli o‘yinlar, viktorinalar, lotereyalar va ko‘plab sovg‘alar sizni kutadi.

BYD e-Mobility Festa 2024 - bu innovatsiyalar, texnologiyalar va elektromobillar bayrami.

Barcha yangiliklar va batafsil ma’lumot uchun BYD rasmiy sayti yoki ijtimoiy tarmoqlarimizga tashrif buyuring.

Yosh cheklanishlari / Til

19+
BYD e-Mobility Festa 2024 BYD e-Mobility Festa 2024