2-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida (“Panorama”) “Sanʼat dunyosi” Rossiya sanʼati festivali doirasida taniqli rossiyalik rejissyor, aktyor va rassom Stanislav Govoruxin tavalludining 90 yilligiga bagʻishlangan Kino kuni boʻlib oʻtadi.
Fotokoʻrgazma Stanislav Govoruxinning hayoti va ijodiga bagʻishlanadi, shuningdek, “Goʻzal davrning intihosi” (Kones prekrasnoy epoxi) filmida bosh rolni ijro etgan aktyor Ivan Kolesnikov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etiladi.
Kecha yakunida Stanislav Govoruxin tomonidan suratga olingan “Goʻzal davrning intihosi” filmi namoyish etiladi.