Gala-konsert. Opera durdonalari

Tadbir haqida

1-oktabr kuni “Oʻzbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida “Sanʼat dunyosi” Rossiya sanʼati festivali doirasida gala-konsert boʻlib oʻtadi.
Dasturda Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri joʻrligida Rossiyaning yetakchi teatrlari solistlari ijrosida jahon klassikasining mashhur opera ariyalari yangraydi.
Konsertda Buryatiya Respublikasi xalq artisti, Buryat davlat akademik opera va balet teatri solisti Olga Jigmitova, Rossiya Davlat Katta teatri (Bolshoy teatr) solistlari Aleksandr Chernov va Guzel Sharipova, shuningdek, Moskva “Gelikon-opera” musiqiy teatri solistlari Valentina Pravdina va Konstantin Brjinskiy ishtirok etadilar.

Yosh cheklanishlari / Til

6+
Gala-konsert. Opera durdonalari Gala-konsert. Opera durdonalari

Tadbir bo'lib otadigan joy