Klassika durdonalari va zamonaviy jahon xitlari «Klassika: Eng yaxshilar» dasturida «Yosh iste’dodlar» Kamer orkestri ijrosida birlashadi.
Tinglovchilarni turli davrlar bo‘ylab sehrli musiqiy sayohat kutmoqda — barokko klassikasidan tortib, jahon san’atida yangi bosqichni boshlab bergan mashhur zamonaviy saundtreklargacha.
Ushbu oqshom Organ zali sahnasida G. F. Gendelning «Passakaliya»si, A. Vivaldining «Yil fasllari», shuningdek, V. A. Motsart, F. Shopin va P. I. Chaykovskiy asarlari yangraydi.
Akademik mumtoz musiqaga neoklassik xitlar hamohang bo‘ladi: F. Sartorining «Con te partirò», J. Lastning «Yolg‘iz cho‘pon» asari, shuningdek, H. Zimmer va J. Uilyamsning «Karib dengizi qaroqchilari», «Interstellar» va «Shindler ro‘yxati» filmlari uchun yaratgan mashhur musiqiy mavzulari ijro etiladi.
🎻 Badiiy rahbar va dirijyor — Kirill Chaxlov.

52 500 UZS
300 000 UZS
15 000 UZS
25 000 UZS
500 000 UZS