Chiptalar soni: 0
Savat
MAKON Marketing Forum 2024

Tadbir haqida

1819-may, Humo Arena

14:00 boshlanadi-18:00 tugaydi

«MAKON Marketing Forum 2024» – bu uchta tadbir: «Yil brendi 2023» ko‘rgazmasi, sotuvlar bo‘yicha xalqaro biznes-forum va «Yil brendi 2023» mukofoti bilan taqdirlash marosimi.

VI «MAKON Marketing Forum 2024» SOTUVCHILAR DAVRI xalqaro biznes-forumi – Markaziy Osiyodagi eng yirik forum bu yil birinchi marta yangi formatda o‘tadi. Forumning ikki kuni faqat sotuvlarga va har qanday biznes rivojida muhim o‘rin tutuvchi sotuvchilarning motivatsiyasiga bag‘ishlanadi. Har bir kun dasturidan eng yaxshi mahalliy tadbirkorlar, trenerlar va motivatorlar ma'ruzalari, shuningdek samarali sotuv vositalariga ega rossiyalik ekspertlar chiqishlari o‘rin olgan.

«Yil brendi 2023» mukofoti – o‘tgan yilda O‘zbekistonda esda qolarli marketing yutuqlariga ega bo‘lgan, iste'mol bozorining barcha tarmoqlariga mansub eng muvaffaqiyatli brendlar uchun har yilgi eng yirik mukofot. Forum doirasida 18-19-may kunlari ekspert hay'ati va iste'molchilar ovoz berishi natijalariga ko‘ra 25 ta nominatsiya, tub nominatsiya va maxsus sovrinlar bo‘yicha “Yil brendi 2023” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

«Yil brendi 2023» ko‘rgazmasi

O‘zbekistondagi yetakchi brendlar ishtirokidagi birinchi ko‘rgazma. «Humo Arena» hududidagi ikki kunli ko‘rgazma formati, biznes forum bilan uyg‘unlikda, – taniqlilikni oshirish, yangi mijozlarni jalb qilish va netvorking uchun noyob imkoniyat. Ko‘rgazma qatnashchilari tashrif buyuruvchilarni o‘z yangiliklari bilan tanishtiradilar hamda sovrinlar va sovg‘alar o‘ynaydilar.

FORUM DASTURI                                                                                                                            

Shanba, 2024-yil, 18-may

12:00 -20:00   «Yil brendi 2023» ko‘rgazmasi Ko‘ngilochar dastur, sovrinlar o‘ynalishi. Ko'rgazmaga kirish bepul.

14:00 -15:00   Forum hamkorlari qutlovlari va chiqishlari. Forum hamkorlarini taqdirlash

15:00 – 16:00  «Yil brendi 2023» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi Iste'molchilar tanloviga ko‘ra g‘oliblar.

16:00 – 16:20  Diyor Mirzaahmedov, O‘zbekiston marketing uyushmasi (O‘zbekiston)    

Yaxshi sotuvchi kim?

16:20 - 16:40  Anvar Abduqayum, Toy bola (O‘zbekiston)  
Ko‘ndirish san’ati

16:40 -17:00   Ibrohim G‘ulomov, Perfect Consulting Group (O‘zbekiston)           
Samarali sotuv

17:00 – 17:30  Vitaliy Galitsin, «Акселератор продаж» biznes-akademiyasi (Rossiya)    
Формула 100% сделки
17:30 – 18:00  Vladimir Marinovich, «Цифровые кочевники» tarmog‘i (Rossiya)

Как нетворкинг помогает продавать на высокие чеки

Yakshanba, 2024-yil 19-may

11:00 -18:00   «Yil brendi 2023» ko‘rgazmasi Ko‘ngilochar dastur, sovrinlar o‘ynalishi. Ko'rgazmaga kirish bepul.

14:00 -15:00   Forum hamkorlari qutlovlari va chiqishlari. Forum hamkorlarini taqdirlash

15:00 – 16:00  «Yil brendi 2023» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi Ekspertlar hay'ati tanloviga ko‘ra g‘oliblar

16:00 – 16:20  Abduhamid Abduvahobov, NUMA (O‘zbekiston)
Sotuv psixologiyasi  

16:20 - 16:40  Akmal Nasriddinov  Marketbridge (O‘zbekiston)     
Mijozlarning uchta savoli

16:40 -17:00   Murod Nazarov, Murad Buildings (O‘zbekiston)      
Shaxsiy brend sotishga yordam beradi, ammo…
17:00 – 17:30  Vladimir Yakuba, realiti biznes-murabbiy  (Rossiya)
Продажи в новой реальности

17:30 – 18:00  Vladislav Bermuda, cross marketing bo‘yicha ekspert (Rossiya)     

Креативные решения в продажах

Batafsil axborot – forum saytida https://makon-2024.marketing.uz/ 

Savollaringizga javob beramiz + 97 402 28 20


Telegram https://t.me/makonmarketing

Instagram https://instagram.com/makon_marketing?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook https://www.facebook.com/MakonMarketing

 

Yosh cheklanishlari / Til

6+
MAKON Marketing Forum 2024 MAKON Marketing Forum 2024