TAF!24 xalqaro reklama konferensiyasi
12-oktyabr
“Anhor” parki karting markazi
boshlanishi: 09:00
tugashi: 17:00
narxi: 300 000 so‘m
12-oktyabrda “Anhor” parkining karting markazida har yilgi xalqaro reklama konferensiyasi, TAF!24 tanlovi va “Yil reklamasi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi, Kann festivalining eng yaxshi reklamalari namoyishi, shuningdek, birinchi marta, “Yil reklamasi” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
TAF!24 Toshkent reklama festivali – O‘zbekistonda yagona reklama bayrami bo‘lib, u yerda marketing va reklamaga qiziqqan yoki professional darajada shug‘ullanadigan har kim o‘zi uchun foyda va manfaat topadi. Festivalda eng faol brendlar, agentliklar, hamkorlar, ekspertlar va iste'molchilar qatnashadi.
Konferensiyada qatnashish uchun taniqli xorijiy spikerlar keladi, ular mahalliy ekspertlar bilan birgalikda o‘z amaliy bilimlarini o‘rtoqlashadilar. Bundan tashqari, festival qatnashchilari eng yaxshi jahon reklama g‘oyalari bilan tanishish va ulardan ilhomlanish hamda ko‘rgazmaga tashrif buyurishning noyob imkoniga ega bo‘ladilar.
Konferensiyaga kirish – chiptalar bilan, bo‘sh o‘rinlarga o‘tiriladi.
Taqdirlash marosimi, ko‘rgazma va shouga kirish – 17:00 dan boshlab bepul