“Yosh isteʼdodlar” kamer orkestri ijrosidagi “MOZART AND CHOPIN” dasturi nafis Avstriya klassitsizmi va chuqur Polsha romantizmini birlashtiradi. Konsert dasturi tinglovchilarga jahon musiqiy madaniyatining ikki buyuk dahosi yaratgan goʻzal ohanglar, virtual passajlar va nafis ruhiy kechinmalar palitrasini taqdim etadi.
Ushbu kechada Organ zali gumbazlari ostida V. A. Motsartning mashhur “Kichik tungi serenada”si (Eine Kleine Nachtmusik) va 25-sonli Simfoniyasi yangraydi. Kechaning romantik yoʻnalishini Friderik Shopenning mashhur valslari, 21-sonli Noktyurni, 1-sonli Polonezi va 2-sonli Skersosi davom ettiradi.
Solo partiyalarni yosh musiqachilar: Anastasiya Mikulitskaya, Islom Namazov, Narmin ShadiNative, Nina Kiseleva va Ruxsora Jumartova ijro etadilar.
Badiiy rahbar va dirijyor — Kirill Chaxlov