MUZONE FEST 2026

Tadbir haqida

MUZONE FEST 2026

31-avgust — 2-sentyabr | Toshkent Turkiston Yozgi Sahnasi

UCH KUN. UCH MUSIQIY OLAM. BITTA FESTIVAL.

MUZONE FEST — Markaziy Osiyo uchun yaratilgan yangi xalqaro elektron musiqa festivali va uch kunlik betakror musiqiy experience.

Uch oqshom, jahon darajasidagi headlinerlar, mintaqaning eng yaxshi DJ'lari, ulkan vizual shou va minglab insonlarni birlashtiruvchi yagona festival maydoni. Har bir kun — yangi ovoz, yangi muhit va yangi hikoya.

31-AVGUST — DON DIABLO

Jahon elektron musiqa sahnasining eng mashhur artistlaridan biri.

2026-yilda Don Diablo UNTOLD X festivalidagi yangi shousining jahon premyerasi uchun Electronic Dance Music Award – BEST PERFORMANCE mukofotiga sazovor bo'ldi.

31-avgust kuni Toshkent uning global turnesi doirasidagi yangi shou-konseptiga guvoh bo'ladi: musiqa, yorug'lik, texnologiyalar va ulkan vizual sahna yagona audiovisual experience'ga aylanadi.

Bu shunchaki DJ-set emas. Bu — SHOU.

1-SENTYABR — SHIMZA × VANCO

AFRIKANING OVOZI

Agar Black Coffee Janubiy Afrikaning yangi ovozini dunyoga tanitgan bo'lsa, Shimza bugun Afro House va Afro Tech yo'nalishini global harakatga aylantirayotgan eng muhim artistlardan biridir.

U Tomorrowland, Ultra, Burning Man va Cercle kabi dunyoning eng yirik festivallarida chiqish qilgan.

U bilan birga sahnada — Vanco, yangi avlod Afro House vakili. Uning "Ma Tnsani (Yalla Habibi)" treki so'nggi yillarning eng mashhur Afro House xitlaridan biri hisoblanadi.

SHIMZA × VANCO

Bir tun. Bir ritm. Afrika — Toshkent yuragida.

2-SENTYABR — SIRLI HEADLINER

Birinchi MUZONE FEST festivalini yakunlaydigan artist nomi hozircha sir saqlanadi.

Don Diablodan keyin. Shimza × Vancodan keyin.

Festivalning so'nggi headlineri kim bo'ladi?

Javob — juda tez orada.

SECRET HEADLINER — 02.09.2026

TO BE ANNOUNCED

MARKAZIY OSIYO O'Z TANLOVINI QILADI

MUZONE FEST — bu nafaqat jahon headlinerlari.

Hozirda Markaziy Osiyo DJ'lari uchun ochiq tanlov davom etmoqda. Ishtirokchilar o'z trek va DJ-setlarini taqdim etishadi, tomoshabinlar esa katta sahnada kimni ko'rishni istashlarini ovoz berish orqali tanlaydi.

G'oliblar MUZONE FEST rasmiy line-up'iga kirib, xalqaro headlinerlar bilan bir sahnada chiqish qilishadi.

Festivalni tomoshabinlarning o'zi yaratadi.

UCH KUNNI TO'LIQ HIS QILING

31-AVG — DON DIABLO
Future. Technology. Energy.

01-SEN — SHIMZA × VANCO
Africa. Rhythm. Soul.

02-SEN — SECRET HEADLINER
The Final Chapter.

Siz o'zingizga yoqqan kechani tanlashingiz mumkin.

Ammo MUZONE FEST — boshidan oxirigacha yashab o'tishga arziydigan festival.

3 DAYS. 3 WORLDS. 1 FESTIVAL.

MUZONE FEST

Tashkilotchi: ART UZ Promotion Agency
Bosh hamkor: UCELL

Yosh cheklanishlari / Til

6+ / Multilingual
MUZONE FEST 2026 MUZONE FEST 2026

Tadbir bo'lib otadigan joy
Toshkent, 2 Navoiy shoh ko'chasi