QVZ - 30 YILLIGI

Tadbir haqida

O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi taqdim etadi!

“QVZ — 30 YILLIGI” SHOU-DASTURI!

2023-yil 18-iyun soat 14:00 va 19:00 da, “Xalqlar do‘stligi” saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 30 yilligiga bag‘ishlangan katta shou-dastur bo‘lib o‘tadi.

Yubileyda turli xil jamoalar o‘zlarining hazillarga boy chiqishlari bilan ishtirok etadilar.

Yuqori sifatli yumoristik shouda muxlislar QVZning amaldagi eng sara iqtidor egalaridan iborat – QVZ bo‘yicha Qoraqalpog‘iston, Voha, Vodiy va Toshkent terma jamoalarining ajoyib chiqishlari guvohiga aylanadi.

Lekin bu hammasi emas! Tadbir davomida sizlarni ajoyib sovg‘alar kutmoqda!

Shou-dasturda 30 yil ichida QVZda qatnashgan va hozirgi kunga kelib katta yumoristik jamoalar tarkibida ishtirok etib kelayotgan elimiz suygan ijodkorlar – QVZ bitiruvchilari ham sizlarga kayfiyat ulashishi rejalashtirilgan.

Qolaversa, qo‘shni qardosh respublikalardan ham mazkur soha vakillaridan iborat Qozog‘iston va Qirg‘iziston terma jamoalari sizlarni o‘z chiqishlari bilan xushnud etishlari kutilmoqda.

Haqiqiy yumoristik shouda eng yaxshi joylarni egallashga shoshiling!

Yosh cheklanishlari / Til

QVZ - 30 YILLIGI QVZ - 30 YILLIGI