Tamara Xonim tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi

Tadbir haqida

29-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida buyuk san’atkor Tamara Xonim tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert bo‘lib o‘tadi.

Tamara Xonim — o‘zining betakror iste’dodi bilan o‘zbek san’atiga ulkan hissa qo‘shgan, milliy madaniyatimizni dunyo sahnalarida ulug‘lagan afsonaviy raqqosa, xonanda va aktrisa sifatida tarixda muhrlangan. Uning serqirra ijodi O‘zbekiston madaniy merosining ajralmas qismiga aylangan.

Konsert dasturidan san’atkor repertuaridan o‘rin olgan raqs va vokal asarlari mamlakatimizning yetakchi jamoalari hamda taniqli solistlari ijrosida yangraydi. Kecha boshlanishidan avval teatr foyesida Tamara Xonimning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus ekspozitsiya ham ochiladi.

Yosh cheklanishlari / Til

0+ / Multilingual
Tamara Xonim tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi Tamara Xonim tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi

Tadbir bo'lib otadigan joy