Sublimation — elektron musiqa, zamonaviy san’at va boy madaniy merosni birlashtiruvchi xalqaro musiqa va madaniyat platformasi.
Loyiha xalqaro elektron musiqa sahnasi va mahalliy madaniy kontekst o‘rtasida muloqot uchun o‘ziga xos makon yaratadi. Unda musiqa, vizual san’at, arxitektura, yorug‘lik va zamonaviy san’at amaliyotlari yagona konsepsiyada uyg‘unlashadi.
O‘z faoliyati davomida Sublimation mintaqadagi muhim madaniy platformalardan biriga aylandi. Brend loyihalari Boiler Room Best of 2023 va Boiler Room Best of 2025 ro‘yxatlarida e’tirof etilgan, festivalning o‘zi esa Resident Advisor talqiniga ko‘ra 2025-yilning TOP-10 festivallari qatoridan joy olgan.
Loyihaning uchinchi yirik festivali bu yil fintech kompaniyasi Click bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Bu yil Sublimation Festival Toshkentdagi eng yorqin me’moriy yodgorliklardan biri — “Turkiston” san’at saroyi hududida bo‘lib o‘tadi.
Kech modernizm uslubida qurilgan bino an’anaviy ganch o‘ymakorligi, monumental oq marmar va muqarnas shaklidagi bezaklarni o‘zida mujassam etgan. Ushbu makon arxitektura, san’at va zamonaviy ovoz uyg‘unligi uchun o‘ziga xos muhit yaratadi.
VIP chiptaga - alohida kirish imkoni va Lounge zonaga kirish xuquqi beriladi
• 2 kun va 2 sahna — boy va rang-barang musiqiy dastur.
• Xalqaro va mahalliy lineup — techno va house’dan tortib live-setlar hamda eksperimental chiqishlargacha.
• Multimedia muhit — yorug‘lik installyatsiyalari, zamonaviy vizual va san’at loyihalari.
• Musiqa, arxitektura, yorug‘lik va madaniy merosning yagona festival makonidagi uyg‘unligi.
Cream Soda, Nooriyah (UK), KAS:ST (FR), Basic Channel (UK), Pakas (LT), UFO AGA, DJ Piligrim, Doppi Twins X Ojiza Izdoshlari, Saya Musa X CHOIR, Sabinē X Farangiz Ensemble, LOUD373 X Shaxlo, Ruhsora Emm, Rishat Band, ISL X OnBR, Josef Tumari X Äwlep, mushTary, Laylo, Maqom, ianiiiron va boshqalar.
2026-yil 10–11-oktabr
“Turkiston” san’at saroyi, Toshkent

52 500 UZS
Sotuv tugadi
35 000 UZS
500 000 UZS
500 000 UZS