Beshinchi TAF!23 Toshkent reklama festivali – O‘zbekistonda yagona xalqaro reklama bayrami. Festival doirasida 7-oktyabrda “Anhor” bog‘idagi “Axelon” karting markazida birinchi martda TAF! Night Party ko‘ngilochar tadbiri o‘tkaziladi.
TAF! Night Party dasturidan noyob ABC SHOW – 2022-yildagi eng ko‘p taqdirlangan, Sannes Lions, One Show, Super Bowl, Clio Awards, Epica Awards kabi 45 ta eng yirik xalqaro festivalda g‘olib bo‘lgan reklama roliklari kolleksiyasining O‘zbekistonda yagona namoyishi joy olgan.
Sizlarni eng yaxshi musiqali va raqs guruhlari chiqishlari, tanlovlar va hamkorlardan ziyofat kutmoqda.
TAF! Night Party – bu faol dam olish, ajoyib muhit, yangi tanishuvlar hamda do‘stlar, hamkasblar va hamkorlar bilan uchrashuvlar demakdir.
Sizni va do‘stlaringizni taklif etamiz!
сайт: https://marketing.uz
Telegram https://t.me/uzbekmarketing
Instagram https://instagram.com/uzbekmarketing?utm_medium=copy_link
Facebook https://www.facebook.com/uzbekmarketing,
YouTube https://www.youtube.com/c/MAKONMARKETINGUZ