18 mart kuni Konservatoriyaning katta zalida ajoyib asarlar ijro etiladi; “Turkiston” kamer orkestri ijrosida V. Motsart, K. Veber va Betxoven.
Dastur solistlari: professor I.Imamova (goboy), maxsus fortepiano kafedrasi o‘qituvchisi, san’atshunoslik fanlari nomzodi (PhD) D.Islyamova (fortepiano), respublika tanlovi laureati M.Bahodirova (sinf professor S. G'ofurova, pianino).
Dirijyor Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasi bitiruvchisi, dirijyorlik bo‘yicha xalqaro tanlov g‘olibi Ruslan Bekmaev.
Guruhning badiiy rahbari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Eldar Azimovdir.
Konsertni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, professor Inessa Gulzarova olib boradi.