Краски

Tadbir haqida

Teatr+ da “Ranglar” nomli oilaviy spektakl bo‘lib o‘tadi.

“Ranglar” — rassom ustaxonasida dunyoga keladigan kichik mo‘jiza haqida hikoya qiluvchi interaktiv oilaviy spektakl. Jonlangan bo‘yoqlar palitra chegaralaridan chiqib, o‘zaro bahsga kirishadi. Ularning har biri o‘zining betakrorligini va eng muhim rang bo‘lish huquqini himoya qiladi.

Tomoshabinlar ushbu yorqin qarama-qarshilikning guvohi va ishtirokchisiga aylanishadi. Ular birgalikda kartina oxir-oqibat qaysi ranglarda jilolanishini va birliksiz uyg‘unlik mumkinmi-yo‘qligini bilib olishadi.

Spektakl Buyuk Britaniyadagi dunyoning eng yirik teatr festivali — Edinburgh Festival Fringe da namoyish etilgan va yuzdan ortiq spektakl orasidan eng yaxshi 7 ta sahna asari qatoridan joy olgan.

Yosh cheklovi: 3+
Davomiyligi: 60 daqiqa

Ma’lumot uchun telefonlar:

(+998) 71-232-16-52

(+998) 92-045-63-36

Manzil:

Teatr+

Toshkent shahri, Matbuotchilar ko‘chasi, 17-uy

Yosh cheklanishlari / Til

3+
Краски Краски

Tadbir bo'lib otadigan joy