Максим Аверин

Tadbir haqida

Maksim Averin — Rossiya xalq artisti, mamlakatning yetakchi va eng mashhur aktyorlaridan biri, taniqli kinoaktyor, teledasturlar boshlovchisi hamda rejissyor. Uning filmografiyasida 48 dan ortiq film va seriallar mavjud.

«Qanotlaringni keng yoz» spektakli tomoshabinlarning ushbu betakror San’atkor iste’dodi va ijodiy imkoniyatlari haqidagi tasavvurini yanada kengaytiradi.

Bu ijodiy uchrashuv ham, konsert ham emas — bu to‘laqonli teatr asari, musiqa, she’riyat va nasr uyg‘unligidan yaratilgan, puxta o‘ylangan hamda mahorat bilan qurilgan sahnaviy mozaika. Spektakl professional ovoz va yorug‘lik yechimlari bilan boyitilgan.
Maksim Averin — tomoshabinni o‘z ortidan ergashtira oladigan, uning qalbida samimiy tinglovchi va suhbatdoshni topa biladigan san’atkorlardan biridir. Aktyordan taraladigan ta’sirchan va ijobiy energiya ilhom, orzu va yorqin tuyg‘ularni uyg‘otib, bevosita yurakka yetib boradi.

Dasturda Aleksandr Vertinskiy, Vladimir Mayakovskiy, Valentin Gaft, Robert Rojdestvenskiy, Vladimir Visotskiy va boshqa mualliflarning she’rlari hamda nasriy asarlari ijro etiladi.

Shuningdek, sovet va rossiyalik kompozitorlarning qo‘shiqlari yangraydi. Ijrolar maxsus mualliflik videoanimatsiyasi bilan uyg‘unlashtirilgan.

Yosh cheklanishlari / Til

12+ / Русский
Максим Аверин Максим Аверин

Tadbir bo'lib otadigan joy
г.Ташкент Мирабадский р-н ул.Зарафшон,24