O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilayotgan Xalqaro balet festivali doirasida 14, 15 va 16-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Boris Eyfman sahnalashtirgan “Qizil Jizel” baleti namoyish etilmoqda. Asar P. I. Chaykovskiy, A. Shnitke hamda J. Bize musiqalari asosida yaratilgan.
Mazkur spektakl mashhur balerina Olga Spesivtsevaning taqdiri, inqilob va muhojirlik davrida boshidan kechirgan sinovlari haqida hikoya qiladi. Eyfman psixologik baletiga xos plastika va sahnaviy ifoda asardagi dramatizm hamda chuqur hissiy qatlamlarni yorqin aks ettiradi. Yangilangan xoreografiya va ta’sirchan sahna yechimlari esa tomoshabinga yanada kuchli badiiy taassurot bag‘ishlaydi.

50 000 UZS
55 000 UZS
55 000 UZS
70 000 UZS
25 000 UZS
38 500 UZS